Foydalanish shartlari
Xizmat
AutoShorts YouTube kanallar uchun sun'iy intellekt yordamida videolar tayyorlaydi va kanal ko'rsatkichlarini kuzatishga yordam beradi. Tayyor videolar mijoz kabinetida ko'rsatiladi.
Obuna rejalari
- Monetizatsiyagacha: 600 000 so'm oyiga. Hali monetizatsiya qilinmagan kanallar uchun.
- Monetizatsiyalangan kanal: 500 000 so'm oyiga. Monetizatsiyadan o'tgan kanallar uchun.
Obuna to'lov tasdiqlangandan keyin 30 kunga faollashadi. To'lov, rejani almashtirish va bekor qilish masalalari Telegram orqali hal qilinadi.
Kafolat yo'q
Monetizatsiyaga qabul qilish va kanal ko'rsatkichlari YouTube qarorlari va algoritmlariga bog'liq. Biz ko'rsatkichlarni oshirishga yordam beramiz, lekin aniq natija, daromad yoki monetizatsiyaga qabul qilinishini kafolatlamaymiz.
Mijoz majburiyatlari
- Kanal mijozga tegishli bo'lishi va YouTube qoidalariga mos yuritilishi kerak.
- AI yordamida yaratilgan realistik videolar YouTube'ga yuklanganda "altered or synthetic content" (o'zgartirilgan yoki sintetik kontent) belgisi qo'yilishi kerak.
Ma'lumotlar
Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilishi maxfiylik siyosatida yozilgan.