Maxfiylik siyosati
Bu sahifa AutoShorts saytiga Google hisobingiz bilan kirganingizda qaysi ma'lumotlar olinishi, nima uchun ishlatilishi va qanday o'chirilishini tushuntiradi.
Qaysi ma'lumotlarni olamiz
- Google hisobi: ismingiz, email manzilingiz va profil rasmingiz (kirish va siz bilan bog'lanish uchun).
- YouTube kanali (faqat o'qish): kanal nomi, identifikatori, rasmi, obunachilar, ko'rishlar va videolar soni.
- YouTube Analytics (faqat o'qish): oxirgi 12 oydagi umumiy tomosha soatlari va oxirgi 90 kundagi Shorts ko'rishlari. Bular monetizatsiya progressini ko'rsatish uchun kerak.
- Siz kiritgan ma'lumotlar: kanal yo'nalishi va tanlangan obuna rejasi.
Nimaga ishlatamiz
- Kabinetingizda kanal statistikasi va monetizatsiya progressini ko'rsatish.
- Kanalingiz yo'nalishiga mos videolar tayyorlash va xizmat sifatini kuzatish.
Biz kanalingizda hech narsani o'zgartirmaymiz, video yuklamaymiz va o'chirmaymiz: so'raladigan ruxsatlar faqat o'qish uchun.
Kimga beramiz
Hech kimga. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.
AutoShorts Google API'laridan olingan ma'lumotlardan foydalanishda Google API Services User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use (cheklangan foydalanish) talablariga rioya qiladi.
Sayt YouTube API Services'dan foydalanadi. Bizning xizmatdan foydalanib, siz YouTube foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz. Google ma'lumotlaringiz bilan qanday ishlashi Google maxfiylik siyosatida yozilgan.
Qanday saqlaymiz
- Google kirish tokenlari bazada shifrlangan holda saqlanadi.
- Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi.
- Statistika ko'rsatilgan vaqtda yangilanadi; eski qiymatlar ustiga yoziladi.
O'chirish
- Kabinetdagi "Hisobni o'chirish" tugmasi barcha ma'lumotlaringiz va videolaringizni o'chiradi hamda Google ruxsatini bekor qiladi.
- Ruxsatni istalgan vaqtda Google hisobingizdan ham bekor qilishingiz mumkin: myaccount.google.com/permissions.
Bog'lanish
Savollar bo'lsa: Telegram +998 88 640 21 51.